Фуқаролик процессуал ҳуқуқида суднинг бўлғуси ҳал қилув қарори ижросини таъминлаш “тегишли органлар томонидан даъвога нисбатан суднинг бўлғуси ҳал қилув қарори ижросини кафолатлаш мақсадида кўриладиган муайян процессуал ҳаракатлар”дан 2 иборат бўлган турли усуллар (чоралар) ёрдамида амалга ошириладиган фуқаролик процессуал институтини ўзида ифодалайди.
Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalashda islom moliyasining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Islom moliyasining joriy etilishida kuzatilayotgan muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi.
Bu maqolada hozirgi kunda amalga oshirilayotgan yangiliklar, dars otish texnologiyalari va tehnikalari haqida, ta’lim tizmimizda amalga oshirilayotgan eng qulay va samarali metodlar va uslublar xususida fikr yuritilgan bo‘lib, quyida keltirilgan texnologiya va metodlar yordamida o‘quvchilar , tezkor, kreativ fikrlash va o‘tilgan mavzuni tahlil qila olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu bilan birgalikda ularning dunyoqarashini ham yetarli darajada rivojlantirib borish mumkin bo‘ladi. Ushbu maqolada o‘qitishda samarali bo‘lgan metodlar ko‘rsatib o‘tilgan. Misol uchun ortiqchasini top, decoder, buterburot, 1 daqiqa, zanjir va maktub metodlari. Bu metodlar o‘quvchilar uchun juda qulay bo‘lib ularni yuqori darajada bilimlarni egalllshi ya’ni bilimlarning yuqori darajada o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari dars jarayonida ularni rag‘bat lantirish ham o‘quvchilarning o‘sha fanga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshishiga xizmat qiladi. Misol sifatida oddiy so‘zlar bilan, ya’ni barkalla, zo‘r, yaxshi, qoyilmaqom kabi so‘zlar bilan ham ularni rag‘batlantirish yuqoridagi metodlarning ajralmas qismi bo‘lib qolishi kerak. Shundan so‘nggina yangi mavzuga o‘tilsa, o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirishi oson bo‘ladi. Bu texnologiya yordamida oliy toifali pedagok, falsafa fanlari doktori va UNISEF xalqaro treneri Dilafruz Xidoyatova o‘zining dars jarayonida ushbu metodlarni qo‘llash orqali yuqori natijalarga erishgan. Bundan tashqari Chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PHD) Mirzayeva Nodira o‘zining yuqori darajali malakasi yordamida o‘quvchilar bilan ishlashning yuqori texnikasiga ega hisoblanadi.